Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Ochiq budjet» tashabbuslarini amalga oshirish onlayn nazorat ostida bo‘ladi
«Ochiq budjet» axborot portalida yangi «Jamoatchilik nazorati» funksiyasi ishga tushirildi.
Axborot portalida ro‘yxatdan o‘tgan tashabbuskor fuqarolar mazkur bo‘limda g‘olib deb topilgan takliflar ijrosini bevosita kuzatish hamda amalga oshirilgan ishlar yuzasidan matn yoki fotosurat ko‘rinishida izoh yuklash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Moliya vazirligi xabariga ko‘ra, endilikda loyihalarning amalga oshirilishi bevosita fuqarolar tomonidan baholab boriladi hamda ushbu ovozlar natijasiga ko‘ra «Hududlar reytingi» e’lon qilinadi.
Davlat xarajatlarining shaffofligini ta’minlash va mahalliy budjetlarni taqsimlash bo‘yicha fuqarolardan takliflarni qabul qilish maqsadida 2021 yil iyul oyidan «Ochiq budjet» portalining yangilangan versiyasi ishga tushirildi.
Aholi «Ochiq budjet» portali orqali o‘z shikoyat va tashabbuslarini bildirgan holda budjetni taqsimlashda ishtirok etishi mumkin. Eng ko‘p ovoz to‘plagan takliflar budjetdan moliyalashtiriladi.
Mavzuga oid
08:58 / 25.05.2026
O‘zbekistonda arxiv xizmatlari ustidan nazorat kuchaytiriladi
18:00 / 06.05.2026
Qurilish obektlari videokamera orqali onlayn nazorat qilinadi
09:54 / 14.04.2026
Yakka uy-joy va kichik binolar qurilishida xususiy nazorat joriy etiladi
14:17 / 25.03.2026