O‘zbekiston | 11:04 / 13.06.2022
12179
2 daqiqa o‘qiladi

Oilaviy ajrimlar soni 23 foizga oshdi

O‘zbekistonda 1 yanvardan 1 iyungacha 20 798 ta oila rasman ajrashdi. Bu – o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 4700 taga ko‘p.

2022 yilning 1 iyun holatiga FHDY organlari tomonidan respublika bo‘yicha 20 798 ta ajrim qayd etilgan. Adliya vazirligi xabariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 4 700 taga ko‘paygan.

Xususan, sudlarning tegishli qarorlariga asosan - 14 986 ta, o‘zaro rozilik asosida - 5 812 ta ajrim holati qayd etildi.

Hududlar kesimida ajrimlar bo‘yicha Andijon, Farg‘ona, Namangan viloyatlari va Toshkent shaharda eng yuqori ko‘rsatkichlar qayd etildi.

Bunda:

  • Samarqand viloyati – 368 ta;
  • Farg‘ona viloyati – 793 ta;
  • Qashqadaryo viloyati – 368 ta;
  • Andijon viloyati – 800 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 353 ta;
  • Namangan viloyati – 706 ta;
  • Toshkent viloyati – 693 ta;
  • Toshkent shahri – 732 ta;
  • Buxoro viloyati – 184 ta;
  • Jizzax viloyati – 248 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 76 ta;
  • Xorazm viloyati – 176 ta;
  • Navoiy viloyati – 109 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 206 ta ajrim kuzatildi.

Mavzuga oid