2022 yilning 1 iyun holatiga FHDY organlari tomonidan respublika böyiça 20 798 ta ajrim qayd etilgan. Adliya vazirligi xabariga köra, bu körsatkiç ötgan yilning mos davri bilan soliştirilganda 4 700 taga köpaygan.

Xususan, sudlarning tegişli qarorlariga asosan - 14 986 ta, özaro rozilik asosida - 5 812 ta ajrim holati qayd etildi.

Hududlar kesimida ajrimlar böyiça Andijon, Farğona, Namangan viloyatlari va Toşkent şaharda eng yuqori körsatkiçlar qayd etildi.

Bunda:

  • Samarqand viloyati – 368 ta;
  • Farğona viloyati – 793 ta;
  • Qaşqadaryo viloyati – 368 ta;
  • Andijon viloyati – 800 ta;
  • Surxondaryo viloyati – 353 ta;
  • Namangan viloyati – 706 ta;
  • Toşkent viloyati – 693 ta;
  • Toşkent şahri – 732 ta;
  • Buxoro viloyati – 184 ta;
  • Jizzax viloyati – 248 ta;
  • Qoraqalpoğiston R. – 76 ta;
  • Xorazm viloyati – 176 ta;
  • Navoiy viloyati – 109 ta;
  • Sirdaryo viloyati – 206 ta ajrim kuzatildi.