O‘zbekiston | 14:55 / 14.06.2022
7426
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston yana bir davlat bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi 

Nyu-Yorkda O‘zbekiston bilan Antigua va Barbuda o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatish to‘g‘risida qo‘shma kommyunike imzolandi.

Foto: dunyo.info

Hujjatni ikki davlat hukumatlari nomidan O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Baxtiyor Ibrohimov va Antigua va Barbudaning BMTdagi doimiy vakili Uolton Alfonso Vebson imzoladi.

Antigua va Barbuda O‘zbekiston bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan 141-davlat bo‘ldi. U Karib dengizining g‘arbiy qismida joylashgan, Britaniya hamdo‘stligi, shuningdek, Amerika davlatlari tashkilotiga a’zo. 

Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasida qo‘shma hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar. Hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini izlash uchun ikki tomonlama aloqalarni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi. 

Ma’lumot uchun, 2022 yil 10 may kuni O‘zbekiston Sent-Vinsent va Grenadin orollari bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan.

Mavzuga oid