O‘zbekiston | 07:53 / 14.06.2022
8828
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida qariyb 1,2 mln kishi kelgan

5 oyda 1,2 mln kishi qarindoshlarini yo‘qlash maqsadida O‘zbekistonga kelgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: CNN

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 iyun holatiga O‘zbekistonga kelgan chet el fuqarolarining safar maqsadlari quyidagicha:

  • qarindoshlarni yo‘qlash — 1,2 mln kishi; 
  • dam olish — 102,3 ming kishi;
  • davolanish — 30,8 ming kishi;
  • xizmat yuzasidan — 24,4 ming; 
  • tijorat — 5,6 ming kishi;
  • o‘qish maqsadida — 1,9 ming kishi.

Bundan oldin 2022 yilda 525 ming o‘zbekistonlik qarindoshini yo‘qlash maqsadida xorijga chiqib ketgani xabar qilingandi

2022 yil 1-choragida O‘zbekiston fuqarolari xorijga safar maqsadlari orasida qarindoshlarini yo‘qlash birinchi o‘rinda turibdi — 525,1 ming kishi.

Bundan tashqari, dam olish maqsadida 138,6 ming kishi, o‘qish maqsadida 40,2 ming kishi chetga chiqib ketgan.

Shuningdek, davolanish uchun 9,5 ming kishi O‘zbekistondan ketgan bo‘lsa, xizmat yuzasidan 3 ming kishi chiqib ketgan.

Отабек Матназаров
Muallif Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid