O‘zbekiston | 19:09 / 14.06.2022
20993
1 daqiqa o‘qiladi

Qashqadaryo viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Kitob tumanining sobiq hokimi viloyat hokimi o‘rinbosari bo‘ldi.

Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi

Qashqadaryo viloyati Kitob tumani sobiq hokimi Alisher Isamiddinovich Zokirov viloyat hokimining turizm, madaniyat, madaniy meros va ommaviy kommunikatsiyalar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — viloyat turizm va madaniy meros bosh boshqarmasi boshlig‘i bo‘ladi. Bu haqda bugungi sessiyada viloyat hokimi ma’lum qildi.

A.Zokirov 1976 yilda tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasini tamomlagan. 

U 2019 yil oktyabridan buyon Kitob tumani hokimi lavozimida ishlab kelayotgandi.

Bundan oldinroq Savdo-sanoat palatasi Qashqadaryo viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i O‘ktam Pardayev Kitob tumani hokimi lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid