Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga keladi
21−22 iyun kunlari Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga rasmiy tashrifi kutilmoqda. Bu haqida Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib turgan Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan kelishi kutilmoqda.
Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga qilinadigan ushbu tashrifi arafasida Turizm va madaniy meros vazirligi hamda Ozarboyjon davlat turizm agentligi hamkorligida ushbu mamlakatning turizm salohiyati, madaniyati, tarixiy va madaniy obektlari, urf-odatlari, an’analari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida bir guruh o‘zbekistonlik jurnalistlar uchun infotur uyushtirildi.
Ushbu infotur doirasida Diaspora bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasiga bo‘lgan tashrifda Qo‘mita rahbari o‘rinbosari Faik Guliyev jurnalistlar bilan suhbatda Ozarboyjon rahbarining O‘zbekistonga tashrifi haqida ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, Aliyevning O‘zbekistonga tashrifi doirasida ikki davlat o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan samarali hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning 16 may kuni Ilhom Aliyev O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilgan va bu qabulda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi raisi Nurdinjon Ismoilov prezident Shavkat Mirziyoyev uning O‘zbekistonga tashrifini kutayotganini ma’lum qilgan edi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026