Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda so‘nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshgan
So‘nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. Bu haqda AOKAda Ichki ishlar vazirligi Kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimlari ishtirokida o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qilindi.
Foto: t.me/Rasmiy_xabarlar_Official
“Rasmiy xabarlar” kanalida xabar berilishicha, O‘zbekistonda 25 mln nafardan ortiq internet foydalanuvchilari mavjud. O‘tkazilgan tahlil natijalari bugungi kunda mamlakatda kiberjinoyatchilikning o‘sish tendensiyasi kuzatilayotganidan dalolat bermoqda.
So‘nggi 3 yilda kiberjinoyatlar soni bir necha baravarga oshib ketgan. Jumladan, kiberjinoyatchilikning bir qator turlari sodir bo‘layotgani kuzatilmoqda.
Ular quyidagicha:
- firibgarlar plastik karta foydalanuvchilariga kelgan SMS-xabarnomadagi kodlarni to‘lovni amalga oshirish, yutuqni berish kabi bahonalar orqali egallab, undagi mablag‘larni o‘zlashtirishi;
- shaxsiy ma’lumotlarni egallash va ularni oshkor qilish bilan qo‘rqitib tovlamachilik qilishi (kibertovlamachilik);
- ijtimoiy tarmoqda zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitishi, haqorat, suitsid holatlari (kiberbulling) va boshqalar.
Mavzuga oid
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
09:04 / 16.02.2026
Voyaga yetmaganlar bilan profilaktika ishlari yangicha tashkil etiladi
13:29 / 14.02.2026
IIVda uyushgan jinoyatchilik, narko va kiberjinoyatlarga qarshi choralar muhokama qilindi
21:31 / 02.02.2026