Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyadan Hindistonga neft yetkazib berish 31 baravarga oshdi
Qayd etilishicha, Moskva Dehliga 30 foizlik chegirma taklif qilgan, bundan tashqari, to‘lovlarni hind rupiyasi va BAA dirhamida qabul qilmoqda.
Hindiston 27 maydan 15 iyungacha Rossiyadan o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31 baravar ko‘p neft, 8 baravar ko‘p ko‘mir sotib oldi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.
Agentlikning ma’lumotiga ko‘ra, Hindiston ushbu davr mobaynida Rossiyadan 331,17 million dollarlik ko‘mir, 2,22 milliard dollarlik neft sotib olgan.
Agentlik manbalarining ta’kidlashicha, Moskva Dehliga 30 foizlik chegirma taklif qilgan, bundan tashqari, to‘lovlarni rupiya va BAA dirhamida qabul qilmoqda.
Reuters hisob-kitobiga ko‘ra, Hindiston uch hafta ichida Rossiyadan kuniga 16,55 million dollarlik ko‘mir sotib olgan.
Sutkalik neft importi esa kuniga 110,86 million dollarni tashkil etgan.
Kpler kompaniyasining ma’lumot berishicha, Osiyo aprel oyida ilk bor neft sotib olish bo‘yicha Yevropani ortda qoldirgan.
Mavzuga oid
22:25 / 22.06.2026
AQSh Eronga neft sotishga vaqtincha ruxsat berdi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
08:30 / 15.06.2026
Dengiz o‘rtasidagi shaharlar: dunyodagi eng yirik neft platformalari
19:25 / 01.06.2026