Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh neftning jahon narxlarini cheklamoqchi
Vashington hamkorlar bilan neftning maksimal narxini belgilash bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu Rossiyaning energiya daromadlarini kamaytiradi va qashshoq mamlakatlarga yordam beradi, deydi AQSh moliya vaziri Janet Yyellen.
Foto: Picture Alliance
AQSh moliya vaziri Janet Yyellen 20 iyun, dushanba kuni kechqurun Kanadaga tashrifi chog‘ida Rossiyaning neft daromadlarini qisqartirish va «jahon iqtisodiyoti uchun salbiy oqibatlarning oldini olish» maqsadida AQSh hamkor davlatlar bilan neft narxi yuqori chegarasini belgilash bo‘yicha muzokaralar olib borayotganini ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, gap bir vaqtning o‘zida bir nechta natijalarga erishadigan narx chegarasini yoki narx istisnosini belgilash haqida ketmoqda - g‘arbning Rossiya energiya tashuvchilariga qarshi sanksiyalarini kuchaytirish va Rossiya neftining narxini pasaytirish, Rossiya hukumati daromadlarini qisqartirish hamda jahon bozorida neft hajmini oshirish ko‘zda tutilgan.
AQSh moliya vazirining fikricha, neft narxini cheklash ayni paytda energiya va oziq-ovqat narxlarining yuqoriligidan aziyat chekayotgan «past daromadli va rivojlanayotgan mamlakatlar uchun salbiy oqibatlarning» ham oldini oladi.
Janet Yyellen kanadalik hamkasbi Xristey Friland bilan muzokaralar chog‘ida shu mavzuga to‘xtaldi. Ottavadagi muzokaralarda Ukrainadagi urush fonida strategiya, yuqori inflatsiya va global ta’minot zanjirlari bilan bog‘liq muammolar kabi masalalar ham muhokama qilindi.
Mavzuga oid
23:17 / 15.04.2026
Pentagon Kubaga qarshi harbiy operatsiyaga tayyorgarlikni boshladi – OAV
21:59 / 15.04.2026
AQSh Ho‘rmuz bo‘g‘ozi qamalini davom ettirsa, Eron uchta dengizni yopish bilan tahdid qildi
20:51 / 15.04.2026
TIME jurnali 2026 yilning eng nufuzli 100 kishisini e’lon qildi
09:41 / 15.04.2026