Jahon | 23:26 / 21.06.2022
8721
1 daqiqa o‘qiladi

Buyuk Britaniyada migrantlarni GPS yordamida kuzatib turish rejalashtirilmoqda

Sinov dasturi doirasida kuzatuv qurilmasi orqali migrantlar bilan muntazam muloqot qilinadi, shuningdek, migratsiya markazlari rejimini buzgan shaxslar bo‘yicha ma’lumot to‘planadi.

Foto: Anadolu Agency

Buyuk Britaniya ichki ishlar vazirligi migrantlarning harakatlanishini GPS yordamida kuzatib turish rejalashtirilgan loyihani tayyorlamoqda.

Sinov dasturi doirasida kuzatuv qurilmasi orqali migrantlar bilan muntazam muloqot qilinadi, shuningdek, migratsiya markazlari rejimini buzgan shaxslar bo‘yicha ma’lumot to‘planadi.

Yangi mexanizmda migrantlarning ko‘chaga chiqishi yoki ayrim joylarga borishi taqiqlanishi, qoidalarga rioya qilmagan taqdirda qo‘lga olinishi yoki sud qilinishi ko‘zda tutilgan.

Loyihada qatnashuvchilar soni hozircha ma’lum qilinmadi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ushbu loyihani qo‘llab-quvvatladi.

Britaniya qochqinlar ishlari bo‘yicha kengashining ijrochi direktori Enver Solomon esa hukumatning yangi tashabbusini tanqid qildi.

«Britaniya hukumati urushlar, qon to‘kishlar va ta’qiblardan qochib kelgan odamlarga xuddi jinoyatchilardek munosabatda bo‘lishi dahshatli», - dedi Solomon.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid