Rossiya xavfsizlik kengashi Litvani javob choralari haqida ogohlantirdi
Rossiyaning Kaliningrad oblastiga yuklar bir qismi tranzitini to‘xtatish bo‘yicha qarorga tezkor munosabati Litva aholisiga jiddiy ta’sir qiladi, dedi Nikolay Patrushev.
Rossiya Litvaning Rossiya boshqa mintaqalaridan Kaliningrad oblastiga sanksiya ostidagi yuklarning temiryo‘l tranzitini yopish haqidagi qaroridan keyin javob choralarini ko‘radi. Bu haqda 21 iyun, seshanba kuni Kaliningradda Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay Patrushev ma’lum qildi. «Rossiya bu kabi dushmanlik harakatlarga albatta javob qaytaradi. Idoralararo formatda tegishli choralar ishlab chiqilmoqda va yaqin kelajakda ma’lum qilinadi», - dedi u.
Rossiya tomonining javob choralari «Litva aholisiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatadi», dedi Patrushev. Rossiya xavfsizlik kengashi kotibi vaziyatni Rossiya mintaqasining transport «blokadasi» sifatida baholadi.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi bir kun avval Litvaning muvaqqat ishlar vakili Virjiniya Umbraseneni chaqirib, unga keskin protest bildirgan. Vilnyusning qarorini Tashqi ishlar vazirligi provokatsiya deb atadi.
O‘z navbatida, Litva Tashqi ishlar vazirligi 20 iyun kuni Rossiya rasmiylarining Kaliningrad oblastiga yuk tranzitiga cheklovlar qo‘yilgani haqidagi ayblovlarini rad etdi. «Litva orqali Kaliningradga yo‘lovchilar va ruxsat etilgan yuklarning tranziti uzluksiz davom etmoqda. Litva tranzit uchun hech qanday bir tomonlama, individual yoki qo‘shimcha cheklovlar qo‘ygani yo‘q. Litva turli o‘tish davri va kuchga kirish sanasiga ega bo‘lgan Yevropa ittifoqi sanksiyalarini izchillik bilan ta’minlamoqda», deya ta’kidladi Vilnyusdagi tashqi siyosat idorasi.
18 iyunga o‘tar kechasi Litva temir yo‘llari Yevropa ittifoqi sanksiyalari ostiga tushgan katta ro‘yxatdagi tovarlar tranzitini to‘xtatdi. Tovarlarning 50 foizigacha, jumladan, qurilish materiallari, metall va boshqa muhim tovarlar Yevropa ittifoqining temiryo‘l tranziti bo‘yicha taqiqiga mos keldi.
Yevropa ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrelning aytishicha, Rossiyaning Litvaga yuklar tranziti borasidagi ayblovlari «targ‘ibotdan boshqa narsa emas».
«Litva hech qanday bir tomonlama milliy cheklovlarni qabul qilmadi», dedi u 20 iyun, dushanba kuni Lyuksemburgda Yevropa ittifoqi tashqi ishlar vazirlarining uchrashuvi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida.
Mavzuga oid
18:13 / 28.11.2024
Rossiyada 21 ming migrantni noqonuniy ro‘yxatdan o‘tkazgan shaxslar qo‘lga olindi
16:08 / 28.11.2024
Rossiya O‘zbekistonga gaz yetkazib berish hajmini oshiradi - Putin
13:10 / 28.11.2024
Rossiya ARD'ning ikki jurnalistini mamlakatdan chiqarib yuboryapti
11:53 / 28.11.2024