Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chimboyda “ayti” tanlovi g‘olibiga tokuzaytirgich sovg‘a qilindi
Qoraqalpog‘istonning Chimboy tumanida o‘tkazilgan “IT bilimdoni” tanlovi sovrindorlari sertifikatlar hamda elektr tarmog‘ining filtr-uzaytirgichi (“pilot”), klaviatura va noutbuk sumkasi bilan taqdirlandi. Bu holat internetda muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, “IT bilimdoni” tanlovi Chimboy tumanidagi yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilgan. Tuman hokimligining rasmiy Telegram-kanalida 20 iyun kuni berilgan (ayni paytda o‘chirilgan) xabarga ko‘ra, tanlovning tuman bosqichida 15 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan 60 dan ortiq yoshlar qatnashgan.
Maqsim Jumaboyev, Miyribek Aytmurodov, Damir Askarboyev va Azamat Qalmurodov g‘olib va sovrindorlar qatorida taqdirlangan.
Tanlovni Yoshlar ishlari agentligi va IT-Park tashkil qilgan.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyida Samarqandning Nurobod tumanida “1 million dasturchi” IT-tanlovi g‘olibi bo‘lgan maktab o‘quvchisiga ishlatilgan noutbuk berilishi rezonansga sabab bo‘lgan, buning ortidan tuman hokimi o‘rinbosariga hayfsan berilib, tuman XTB mutaxassisi va viloyat XTB bo‘lim boshlig‘i lavozimidan ozod etilgandi.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
O‘zbekiston aholisining 38,5 foizi hali 20 yoshga to‘lmagan
12:54 / 30.06.2026
Shavkat Mirziyoyev faol yoshlar bilan uchrashdi
11:59 / 15.06.2026
“Ikkinchi imkon” loyihasiga start berildi. Mahkumlarga IT va xorijiy tillar o‘rgatiladi
08:38 / 02.06.2026