Samarqandda «1 million dasturçi» IT tanlovi ğolibi bölgan maktab öquvçisiga işlatilgan noutbuk berilgani töğrisidagi voqea ijtimoiy tarmoqlarda keng munozaralarga sabab böldi. Voqea oqibatida tuman hokimi örinbosariga hayfsan berilgan, tuman XTB mutaxassisi işdan olingandi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, viloyat Xalq ta’limi boşqarmasi bölim boşliği Xurşid Ğoziyev ham işdan ketgan. Viloyat XTB mudirasi Zebuniso Şodiyeva tomonidan bugun, 18 yanvar kuni imzolangan buyruqqa köra, boşqarmaning pedagogik-psixologik taşxis faoliyatini taşkil etiş şu’basi mudiri Xurşid Ğoziyev öz arizasiga köra işdan böşatilgan.

Garçi X.Ğoziyev «öz arizasiga köra» işdan böşatilgan bölsa-da, uning böşatilişiga 17 yanvar kuni bir guruh blogerlar va jurnalistlarga qarata aytgan gaplari sabab bölgan bölişi mumkin.

«Biz bunaqa yönalişni tanlamasligimiz kerak. Har bitta ota-onaga, boşqa jurnalist va blogerlarga tavsiyam: bolaga ertaga özingni haqqingni talab qil, mana bunaqa işlarni amalga oşir emas, yaxşi-yaxşi yöllarni örgatsak, ular kelajakda öz örnini topib ketadi. Bunaqangi yöl bilan haqqini ajratib olişni men töğri deb öylamayman», degan X.Ğoziyev kamera qarşisida.

Uning bu gaplari ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab böldi. Aksariyat odamlar uning bu gaplariga e’tiroz bildirişdi va uning şa’niga tanqidlar yoğdirişdi.

Ma’lumot uçun, Sardor Sattorovga eski noutbuk berilişi ortidan Nurobod tumani hokimining yoşlar siyosati, ijtimoiy rivojlantiriş va ma’naviy-ma’rifiy işlar böyiça örinbosari Navrözbek Jaloliddinovga hayfsan intizomiy jazosi qöllanilgan.

Bundan taşqari, Nurobod tumani XTB ta’lim jarayoniga AKTni joriy etiş şu’basi boş mutaxassisi Asliddin Dangalov bilan tuzilgan mehnat şartnomasi bekor qilingan.

Kun.uz manbasiga köra, mazkur voqea sababli Nurobod tumani hokimining örinbosari va XTB mudiri ham lavozimidan ozod qilinişi kutilmoqda.