O‘zbekiston | 11:44 / 23.06.2022
7979
2 daqiqa o‘qiladi

Koronavirus: O‘zbekistonda kunlik holatlar soni yana 100 ga yaqinlashdi

Respublikaning Sirdaryo viloyatidan boshqa barcha hududlarida yangi holatlar qayd etildi.

Foto: Kun.uz

Sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi bir kunda yana 100 nafarga yaqin bemorga koronavirusdan zararlanish tashxisi qo‘yilgani haqida xabar berdi.

«2022 yil 22 iyun holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 239993 (+98) nafarni tashkil etmoqda», deyiladi xabarda.

Yangi kasallanish holatlarining:

  • 4 nafari Qoraqalpog‘iston Respublikasida,
  • 4 nafari Andijon viloyatida,
  • 7 nafari Buxoro viloyatida,
  • 2 nafari Jizzax viloyatida,
  • 6 nafari Qashqadaryo viloyatida,
  • 2 nafari Navoiy viloyatida,
  • 3 nafari Namangan viloyatida,
  • 5 nafari Samarqand viloyatida,
  • 1 nafari Surxondaryo  viloyatida,
  • 2 nafari Farg‘ona viloyatida,
  • 5 nafari Xorazm viloyatida,
  • 8 nafari Toshkent viloyatida,
  • 49 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo‘lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida

  • Jizzax viloyatida 1 nafar,
  • Farg‘ona viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent viloyatida 1 nafar,
  • Toshkent shahrida 17 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog‘ayganlar jami 237811 (+20) nafarga yetdi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 99 foizni tashkil etmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 14 iyun kunidan kunlik kasallanish holatlari o‘sa boshladi va 19 iyunga kelib kunlik holatlar soni fevral oyi oxiridan buyon ilk bor 100 dan oshdi. Keyingi kunlarda biroz pasayish kuzatildi - 20 iyun kuni 93, 21 iyun kuni 87, 22 iyun kuni 82 kishida virus aniqlangandi.  

Mavzuga oid