Jahon | 18:27 / 24.06.2022
21342
1 daqiqa o‘qiladi

MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari dunyodagi vaziyatni tahlil qildi 

Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida Rossiya, Belarus, Ozarboyjon, Armaniston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirlari ishtirok etdi. 

Foto: Rossiya mudofaa vazirligi

MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari dunyodagi harbiy-siyosiy vaziyatni tahlil qildi, deb ma’lum qildi Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu.

"O‘zaro hamkorlikda harbiy-siyosiy vaziyat, jumladan, Rossiya qurolli kuchlarining Ukrainadagi maxsus harbiy operatsiyasini hisobga olgan holda batafsil tahlil qilindi", - dedi u.

Shoyguning so‘zlariga ko‘ra, vazirlar MDH davlatlarining mudofaa va harbiy xavfsizlik sohasidagi hamkorligini yanada rivojlantirish yo‘llarini belgilab oldi.

Xabar qilinishicha, Moskvada bo‘lib o‘tgan MDH mamlakatlari mudofaa vazirlari yig‘ilishida Rossiya, Ozarboyjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston mudofaa vazirlari ishtirok etdi. 

Mavzuga oid