Moskva ikkilamchi bozorida Daewoo Nexia’ga talab keskin oshdi
Russian Automotive Market Research agentligi 2022 yil may oyida Moskva ikkilamchi bozorida avtomobillar sotuvi bo‘yicha statistik ma’lumotlarni e’lon qildi.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, may oyida Rossiya poytaxtida eskirgan avtomobillarga talab 2021 yilning shu davriga nisbatan 27,77 foizga kamaydi.
May oyida Moskva ikkilamchi bozorida eng ommabop model Ford Focus bo‘ldi, ammo bu avtomobil bilan oldi-sotdi bitimlari soni 34,14 foizga kamaydi. Ikkinchi o‘rinda Hyundai Solaris (-20,5 foiz), kuchli uchlikni Kia Rio (-30,85 foiz) yopdi. To‘rtinchi o‘rinda Daewoo Matiz (-9,69 foiz).
15 ta eng ommabop modellar orasida 14 ta avtomobil salbiy tendensiyani ko‘rsatdi. Biroq, 2022 yilning may oyida foydalanilgan Daewoo Nexia’ga talab 15,73 foizga oshgan.
2022 yilning yanvar-aprel oylarida Rossiyada foydalanilgan yengil avtomobillar narxi o‘rtacha 19 foizga oshdi. Tegishli ma’lumotlar «Avtostat» tahliliy agentligi tomonidan taqdim etilgan.
Mavzuga oid
11:47 / 13.11.2024
Moskvada chaqiriluvchilarga Rossiyadan chiqib ketish taqiqlangani haqida xabar berildi
19:24 / 27.10.2024
Moskvada xorijlik migrantlar uchun patent narxi qariyb 20 foizga oshadi
12:56 / 25.10.2024
Germaniyaning Moskvadagi elchisi RF TIVga chaqirildi
12:12 / 28.09.2024