Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Eron o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiya tashkil etiladi
Prezidentning “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.
Qaror loyihasi “O‘zbekiston xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi qonun 22-moddasiga binoan Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan.
Hujjat loyihasi orqali quyidagilar nazarda tutilmoqda:
- O‘zbekiston hukumati bilan Eron hukumati o‘rtasida xavfsizlik bo‘yicha qo‘shma komissiyani tashkil etish to‘g‘risidagi kelishuvni (Toshkent shahri, 2022 yil 9 mart) tasdiqlash;
- Tashqi ishlar vazirligiga O‘zbekiston mazkur xalqaro shartnomani kuchga kirishi uchun zarur bo‘lgan davlat ichki tartib-taomillarini bajargani to‘g‘risida Eron tomoniga tegishli bildirishnomani yuborish vazifasini yuklash;
- qaror ijrosini nazorat qilishni O‘zbekiston bosh vaziri hamda O‘zbekiston prezidenti huzuridagi xavfsizlik kengashi kotibi zimmasiga yuklash.
Protokolda ikki davlat o‘rtasida xavfsizlik sohasida hamkorlikni muvofiqlashtirish maqsadida qo‘shma komissiya tashkil etish belgilangan.
Komissiya tomonlar davlatlari vakolatli organlari teng miqdordagi vakillaridan iborat bo‘ladi.
Uning asosiy vazifalari tomonlar o‘rtasida terrorizm, ekstremizm, giyohvand moddalar savdosi va boshqa transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurashda o‘zaro aloqalarni o‘rnatish, monitoring o‘tkazish va mintaqadagi mavjud xavfsizlik holatini tahlil qilish, vaziyatga javob berish bo‘yicha tegishli sohalarda qo‘shma takliflarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Komissiya yiliga bir marotaba navbatma-navbat Toshkent hamda Tehron shaharlarida oldindan belgilangan muddatlarda uchrashuvlar o‘tkazadi.
Mavzuga oid
00:49
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
09:45 / 13.06.2026
Eronning milliardlab dollarlik mablag‘lari atrofida bahs kuchaydi
09:05 / 13.06.2026
Pokiston: AQSh va Eron kelishuv matni bo‘yicha kelishib oldi
20:03 / 12.06.2026