O‘zbekiston | 10:38 / 28.06.2022
8817
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda Buyuk Turon shohko‘chasi ikki kunga vaqtincha yopiladi

Toshkent shahridagi Buyuk Turon shohko‘chasi avtotransport vositalarining qatnovi uchun yopiladi. Bu haqda poytaxt hokimligi xabar bermoqda.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Qayd etilishicha, «Yoshlar kuni» doirasida 28 iyun kuni «Toshkent yoshlar karnavali-2022» o‘tkaziladi. 

Shu sababli, 27 iyun kuni soat 19:00 dan 29 iyun soat 00:00 ga qadar Buyuk Turon shohko‘chasi Islom Karimov shohko‘chasi bilan kesishmasidan Alisher Navoiy shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi avtotransport vositalarining qatnovi uchun yopiladi.

Toshkent shahar hokimligi noqulayliklar uchun uzr so‘ragan va aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid