Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda harakatlanib ketayotgan avtobusdan tutun chiqdi
Toshkentda «Mercedes-Bens» rusumli avtobusdan tutun chiqdi. «Toshshahartransxizmat» hodisa bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Joriy yilning 30 iyun kuni soat 11:02 da Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk Ipak Yo‘li ko‘chasidan harakatlanib borayotgan «2-Avtobus saroyi» filiali tasarrufidagi 24-sonli «Mercedes-Bens» rusumli avtobusda tutun hosil bo‘lgan.
«Toshshahartransxizmat» xabariga ko‘ra, ushbu avtobus 2013 yil ishlab chiqarilgan bo‘lib, tasarruf boshidan buyon 905 397 km masofani bosib o‘tgan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtobusning dvigatel yog‘ini o‘tkazuvchi shlang yorilib qizib turgan kollektorga moy tomishi oqibatida tutash (tutun) hosil bo‘lgan. Avtobusda yong‘in kelib chiqmagan.
Hozirda «Toshshahartransxizmat»ning ishlab chiqarish texnik bo‘limi xodimlari tomonidan xizmat tekshiruvi olib borilmoqda. Hodisa oqibatida avtobus va yo‘lovchilarga zarar yetmagan.
Ta’kidlanishicha, «2-Avtobus saroyi» filiali mutasaddi xodimlari tomonidan avtobus ta’mirlanib, joriy yilning 1 iyul kunidan yo‘nalishga chiqarilgan.
Mavzuga oid
18:10 / 15.12.2025
Toshkentda yashovchi shaxs uyini ta’mirlash chog‘ida granata va boshqa qurollarni topib oldi
14:26 / 15.12.2025
Toshkentda chiqindilarni qayta ishlovchi yangi zavod quriladi
11:58 / 15.12.2025
Jidda–Toshkent reysi bortdagi tibbiy holat sabab Bahraynga qo‘nishga majbur bo‘ldi
23:01 / 13.12.2025