Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘onada 500 dona chinni idishni o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Farg‘ona viloyati, Rishton tumani IIB tomonidan fuqaroning 500 dona chinni idishini o‘g‘irlab ketgan shaxs qo‘lga olingan.
Shu tumanning A.Navoiy ko‘chasida istiqomat qiluvchi D.N. ismli ayol IIBga murojaat qilib, 18 iyun kunidan 19 iyun kuniga o‘tar kechasi noma’lum shaxs yashash xonadoni oldida qarovsiz qoldirilgan, umumiy qiymati 1 mln 250 ming so‘m bo‘lgan 500 dona chinni likopni o‘g‘irlab ketgani haqida xabar bergan.
Holat yuzasidan Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tezkor surishtiruv ishlari davomida, ushbu jinoyatni G‘.I. sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
15:50 / 11.06.2026
“Plomba” ipini lezviyeda kesdim” – Farg‘onada bank mansabdori bankomatlardan katta miqdorda pul o‘g‘irladi
12:41 / 09.06.2026
“Uy ichidan o‘t o‘sib chiqyapti” – Rishtondagi namunasiz uylarning ahvoli
08:56 / 30.03.2026
Italiyadagi muzeyda yirik o‘g‘irlik: uch shoh asar yo‘qoldi
16:58 / 13.01.2026