Farğona viloyati Rişton tumani Yangiyöl mahallasida 2019 yilda foydalanişga topşirilgan namunali uylarning devorlari yorilib, poydevorlari çökib, kundan kunga xarobaga aylanib boryapti. Fuqarolar oyma-oy kredit tölaşga majbur, quruvçi esa uylar sifatli qurilganini da’vo qilyapti.

Kun.uz'ga murojaat qilgan mulkdorlarning aytişiça, muammo tegişli idoralar tomonidan örganilgan ham, lekin amaliy natija bölmayapti.

“Yurak hovuçlab yaşayapmiz”

Adhamjon Muhammadaliyev:

— Yaşayotgan uyimizni 2018 yilda şartnoma asosida kreditga olgan edik. Uyni 2019 yilning iyun oyida bitkazib topşirişgan. Boşlanğiç tölov 17 mln söm bölgan. Şartnoma qilişdan avval loyihalarni körgan edik, ma’qul kelgandi.

Uyni qabul qilib oldik, lekin öşanda ham bitmagan, çala joylari bor edi. “Ha mayli, özimiz qilib olamiz” deb olaverganmiz-da. Oradan bir yil ötib, bir qişni, yoğingarçilikni körganidan keyin devorlarda yorilişlar paydo böldi. Holat böyiça tegişli taşkilotlarga çiqqanimizda kelib örganişib, “yaşaşga yaroqli” deya xulosa berib ketişdi.

Vaqt ötişi bilan uyning holati yomonlaşa boşladi. Qayta ta’mirladik. Ta’mirdan keyin yana qayta yorilişlar kuzatildi. Yamoq joyini yamaymiz, yoriq joyini tuzatamiz, keyingi yilga yana öşa holiga qaytib qolaveradi. Pollar çökib ketgan, uyning bir tarafi “taşlab yuborgan”, çökib qiyşayib yotibdi. Hozir ham asosiy devorlar yoriq.

Şu mahallaning özida 100 dan ortiq namunali uylar qurilgan. Ularning köpi abgor holatga kelib böldi. Qisqa qilib aytganda, bizga va’da qilingan loyihadagi uyning 50 foizi ham amalga oşmagan.

Heç kimning boşiga solmasin, agar kuçliroq zilzila bölsa uy bizni bosib qoladi. Seysmik bardoşlik deyarli yöq. Yurak hovuçlab yaşayapmiz.

Pollar 5-10 santimetr çökkan. Asosiy devor çökkani uçun uyni uşlab turadigan boşqa bir devor ham yorilib ketgan. Ğiştlari, plitalari ham yorilgan. Keçalari dirsillagan yoriq ovozlarini eşitamiz.