Jahon | 21:05 / 11.07.2022
8701
1 daqiqa o‘qiladi

Kuzda dunyo aholisi soni 8 mlrd nafarga yetadi – BMT

Tahlilchilarning taxmin qilishicha, Hindiston 2023 yilda aholi soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketadi. 

Foto: Yevgeniya Novojyenina / RIA Novosti

Birlashgan Millatlar Tashkiloti tahlilchilarining ma’lumotiga ko‘ra, 15 noyabrga borib Yer yuzidagi aholi soni 8 mlrd nafarga yetadi.

Ularning taxmin qilishicha, Hindiston 2023 yilda aholi soni bo‘yicha Xitoydan o‘tib ketadi. 

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 1950 yildan buyon sayyora aholisi soni sekin sur’atlarda o‘smoqda: 2030 yilga borib dunyodagi odamlar soni 8,5 mlrd, 2050 yilga borib 9,7 mlrd nafarga yetadi.

Tahlilchilar 2080 yilda Yer yuzidagi aholi soni 10,4 mlrd nafarga yetishi va 2100 yilgacha shu darajada qolishini aytishmoqda.

Ularning fikricha, 2050 yilgacha aholi soni o‘sishining yarmidan ko‘prog‘i sakkiz davlat: Kongo, Misr, Efiopiya, Hindiston, Nigeriya, Pokiston, Filippin va Tanzaniyaga to‘g‘ri keladi.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid