O‘zbekiston | 07:53 / 11.07.2022
3160
3 daqiqa o‘qiladi

Namanganda DXSh asosida oqova suv tozalash inshooti quriladi

Prezidentning “Namangan viloyati Namangan tumanida oqova suv tozalash inshootini qurish davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi

Respublikada oqova suv tozalash tizimlarini yanada rivojlantirish va modernizatsiya qilinishini ta’minlash, sohaga davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida xorijiy investitsiyalar, zamonaviy texnologiyalar va ilg‘or boshqaruv tajribasini jalb etish maqsadida quyidagilar:

a) Namangan tumanida quvvati sutkasiga 100 ming metr kub bo‘lgan oqova suv tozalash inshootini loyihalash, moliyalashtirish, qurish, topshirish, foydalanish va texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek, uzunligi 8 kilometr bo‘lgan tozalangan oqova suvni Sirdaryo daryosiga to‘kuvchi kollektorni loyihalash, moliyalashtirish va qurish davlat-xususiy sheriklik loyihasi konsepsiyasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan;

b) davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish uchun xususiy sherikni tanlab olish bo‘yicha xalqaro tender yakunlariga ko‘ra, Metito Utilities Ltd. (Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi) kompaniyasi tender g‘olibi deb topilgan hamda tender g‘olibi O‘zbekistonda “Namangan Water” xorijiy korxonasini tashkil etgan;

v) 2022 yil 24 fevralda O‘zbekiston nomidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va xususiy sherik o‘rtasida imzolangan davlat-sheriklik to‘g‘risida bitim imzolangan.

Davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitimi shartlari doirasida:

davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish doirasida 90 million AQSh dollari xorijiy investitsiyalar jalb qilinadi;

davlat sherigi xususiy sherikka zarur yer uchastkalari ajratilishini ta’minlaydi, oqova suv tozalash inshootiga yetkazib berish va tozalangan oqova suvni qabul qilish, davlat budjetidan davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risida bitimida belgilangan tartibda xususiy sherikka foydalanganlik uchun to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshiradi.

Moliya vazirligiga belgilangan tartibda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi va “O‘zsuvta’minot” AJ o‘rtasida Namangan viloyati Namangan tumanida oqova suv tozalash inshootidan foydalanish (ekspluatatsiya qilish) va (yoki) obektga xizmat ko‘rsatish davrida undan erkin foydalanilishni ta’minlaganlik uchun davlat sherigi tomonidan amalga oshiriladigan to‘lovlarni davlat budjetiga qisman qoplab berishni nazarda tutuvchi bitimni imzolash vakolati beriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid