Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Paxta hosildorligini oshirganlarga subsidiya beriladi
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun subsidiya ajratish tartibi to‘g‘risidagi vaqtinchalik nizom tasdiqlandi.
Norma’ning yozishicha, paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun 13 ta tumandagi yerdan foydalanuvchilarga har bir gektar maydonga 1 mln so‘m subsidiya beriladi. Uni olish uchun yerdan foydalanuvchilar qishloq xo‘jaligi bo‘linmasiga “Agrosubsidiya” axborot tizimi orqali 2022 yil 25 iyulga qadar ariza bilan murojaat qilishlari kerak.
Qishloq xo‘jaligi bo‘linmasi arizalarga asosan 2022 yil 1 avgustga qadar yerdan foydalanuvchilar nomi, manzili, paxta maydoni to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan ro‘yxatni hududiy hokimliklarga taqdim etadi. Hokimliklar 2022 yil 5 avgustga qadar yerdan foydalanuvchilar ro‘yxatini tasdiqlaydi. Qishloq xo‘jaligi bo‘linmasi 2022 yil 10 avgustga qadar yerdan foydalanuvchilarni ularning ro‘yxatga kiritilganligi yoki ro‘yxatga kiritish rad etilganligi to‘g‘risida xabardor qiladi.
Ro‘yxatga kiritilgan yerdan foydalanuvchi 2022 yil 5 sentabrga qadar “Agrosubsidiya” AT orqali subsidiya ajratish bo‘yicha ariza bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligiga murojaat qiladi. Qishloq xo‘jaligi vazirligi ro‘yxatni umumlashtiradi va ularni 2022 yil 20 sentabrga qadar Moliya vazirligi va Davlat statistika qo‘mitasiga taqdim etadi.
Moliya vazirligi ro‘yxatga muvofiq subsidiyaning dastlabki 70 foizini 2022 yil 1 oktyabrga qadar quyidagi taqsimotga ko‘ra tashkilotlarning hisobvaraqlariga o‘tkazib beradi: 60 foizini – yerdan foydalanuvchilarga; 6 foizini – Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot institutiga; 4 foizini – Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar institutiga.
Davlat statistika qo‘mitasi 2023 yil 25 noyabrga qadar yerdan foydalanuvchilar 2023 yildagi paxta hosildorligini avvalgi yil bilan taqqoslagan holda ma’lumot tayyorlaydi va Moliya vazirligiga taqdim etadi. Moliya vazirligi ushbu ma’lumotga asosan paxta hosildorligi avvalgi yilga nisbatan 15 foiz yoki undan ko‘p miqdorda oshganda, subsidiya qolgan 30 foizini 2023 yil 20 dekabrga qadar yerdan foydalanuvchilar hisobvarag‘iga o‘tkazib beradi.
Vaqtinchalik nizom 2024 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Mavzuga oid
19:19 / 11.06.2026
Qoraqalpog‘istonda soxta hisobotlar ortidan yuzlab million so‘mlik subsidiyalar olingan
17:38 / 12.05.2026
O‘zbekistonda bir qator subsidiyalar belgilandi
09:57 / 12.05.2026
Paxta va bug‘doy yetishtiruvchilarga yangi moliyaviy imtiyozlar beriladi
20:08 / 05.05.2026