Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya 2022 yil oxirigacha Rossiya ko‘miri va neftiga qaramlikdan qutuladi
Rossiya ko‘miri va neftidan voz kechish Germaniyada energiya ta’minoti tuzilmasini tubdan o‘zgartiradi. Rossiyadan gaz yetkazib berish muammosi jiddiyroq, dedi federal kansler idorasidagi davlat kotibi Yorg Kukis.
Germaniya shu yilning 1 avgustidan Rossiya ko‘miridan, 2022 yil 31 dekabrdan esa Rossiya neftidan mustaqil bo‘ladi. Bu haqda 13 iyul, chorshanba kuni federal kansler idorasi davlat kotibi Yorg Kukis Sidneyda Xalqaro energetika agentligi va Avstraliya hukumati tomonidan tashkil etilgan energetika forumida so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.
Kukisning fikricha, Rossiya ko‘miri va neftidan voz kechish Germaniyaning energiya ta’minoti tuzilmasini tubdan o‘zgartiradi. Ilgari Rossiya Germaniya iste’mol qilgan ko‘mir va neftning 40 foizini yetkazib bergan. «Sobiq ittifoqqa butun Sharqiy Yevropada ta’sir vositasi bo‘lib xizmat qilgan «Drujba» quvuri tarixidan xabardor bo‘lgan har bir kishi tushunadiki, bu qaramlikdan qutulish oson emas, lekin biz shunday qilamiz. Bir necha oy ichida buni amalga oshirishga qodir bo‘lamiz», - deya amaldorning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Reuters agentligi.
Rossiya gaziga qaramlik yanada jiddiyroq. Yorg Kukisning eslatishicha, Yevropa ittifoqi har yili Rossiyadan 158 milliard kubometrga yaqin gaz oladi. AQSh va Qatar birgalikda Yevropaga 30 milliard kubometr suyultirilgan tabiiy gaz (STG) yetkazib bera olsa-da, defitsit juda katta bo‘lib qolaveradi. «Biz bu masalani e’tiborsiz qoldira olmaymiz», dedi Kukis. Ayni paytda Germaniyada STG qabul qilish terminallarini yaratish ustida jadal ish olib borilmoqda. Germaniya hukumati Shimoliy dengiz sohilida rejalashtirilgan to‘rtta suzuvchi STG terminallaridan ikkitasini joriy qishda foydalanishga topshirishga umid qilmoqda.
Mavzuga oid
09:32 / 20.06.2026
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026