Olti nafar nomzod Britaniya bosh vazirligiga saylovlarning ikkinchi turiga o‘tdi
Sobiq tashqi ishlar vaziri Jyeremi Hant va moliya vaziri Nadim Zaxaviy saylovlarning ikkinchi turiga o‘ta olmadi.
Olti nafar nomzod Buyuk Britaniya bosh vazirligiga saylovlarning ikkinchi turiga o‘tdi. Bu haqda konservativ partiya boshqaruv qo‘mitasi rahbari Grem Breydi ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Jyeremi Hant va Nadim Zaxaviy saylovlarning ikkinchi turiga o‘ta olmagan.
Birinchi turda eng ko‘p ovozni Rishi Sunak va Penni Mordont olgan.
Ovoz berishning birinchi turiga sobiq moliya vaziri Rishi Sunak, tashqi ishlar vaziri Liz Trass, moliya vaziri Nadim Zaxaviy, sobiq tashqi ishlar vaziri Jyeremi Hant, xalqaro savdo bo‘yicha vazir o‘rinbosari Penni Mordont, jamoat palatasi qo‘mitasi raisi Tom Tugendhat, Angliya va Uels bosh prokurori Suell Braverman hamda ayollar va tenghuquqlilik ishlari bo‘yicha vazir o‘rinbosari Kemi Badenok o‘tgandi.
Qolgan turlar ikki nafar nomzod qolmagunicha davom etadi.
Shundan so‘ng bugungi kunda 200 ming nafarga yaqin a’zoga ega partiyaning barcha a’zolari ikki nafar "finalchi" orasidan g‘olibni aniqlaydi. Ovoz berish pochta orqali o‘tkaziladi.
Mavzuga oid
14:54 / 30.12.2024
Xorvatiyada prezidentlik saylovlarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tadi
00:10 / 25.12.2024
Sun’iy intellekt diabet rivojlanish xavfini o‘nlab yillar oldin aniqlashga yordam beradi
03:11 / 24.12.2024
Britaniya dronlarga qarshi yangi turdagi radiochastotali qurolni sinovdan o‘tkazdi
18:56 / 22.12.2024