O‘zbekiston | 07:21 / 13.07.2022
3557
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonlik hojilarning ilk guruhi 14 iyul kuni ortga qaytadi

“Haj – 2022” dasturi doirasida o‘zbekistonlik ziyoratchilar shu yil 14 iyul–4 avgust kunlari yurtimizga qaytib keladi. Bu haqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi xabar berdi.

O‘zbekistonga qaytuvchi ziyoratchilar o‘z parvozlarini Jidda shahridan O‘zbekistonning 7 ta hududi – Toshkent, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi, Urganch va Nukusda joylashgan xalqaro aeroportlarga amalga oshiradi. 

Qayd etilishicha, unda jami 12 mingdan ziyod yo‘lovchi tashish reja qilingan. 

“Haj – 2022” tadbirining uzluksiz va tartibli o‘tkazilishida “Uzbekistan Airways” aksiyadorlik jamiyatidan jami 70 ga yaqin malakali uchuvchi va 260 ga yaqin bortkuzatuvchisi jalb etilgan. 

Ushbu yo‘nalishdagi aviaqatnovlar Boeing-767 havo kemalarida amalga oshiriladi. Ziyoratchilarga havo sahnida turli taom va ichimliklar taklif etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid