Jahon | 20:39 / 14.07.2022
9605
1 daqiqa o‘qiladi

Latviya parlamenti 2023 yildan boshlab Rossiyadan gaz sotib olishni taqiqladi

Latviya tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevichs may oyi oxirida hukumat Rossiya gazidan voz kechishni rejalashtirganini aytgandi.  

Foto: AFP/Scanpix

Latviya parlamenti 2023 yil 1 yanvardan boshlab Rossiyadan tabiiy gaz sotib olishni taqiqlash ko‘zda tutilgan qonunni tasdiqladi.

Parlament shuningdek, taqiqni ta’minlash usullari to‘g‘risida YeIning boshqa mamlakatlari bilan kelishuvlar muvofiqlashtirilishini ma’qulladi. 

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Edgar Rinkevichs may oyi oxirida hukumat Rossiya gazidan voz kechishni rejalashtirganini aytgandi.

Rossiya aprelda «nodo‘st» mamlakatlar, jumladan, Latviya gaz uchun to‘lovni rublda amalga oshirishi kerakligini ma’lum qilgandi. Latviya Rossiyaning bu talabini bajarmasligini bildirgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid