Jahon | 12:50 / 15.07.2022
5514
2 daqiqa o‘qiladi

Belarus ShHTga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

Belarus Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo bo‘lish uchun rasman ariza berdi.

Foto: news.cgtn.com

Bu haqda tashkilot bosh kotibi Chjan Min ma’lum qildi.

«Belarus Respublikasi ShHTga a’zo davlat sifatida kirish uchun rasman ariza topshirdi», — deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Eron Islom Respublikasiga ShHTga a’zo davlat maqomini berish jarayoni nihoyasiga yetayotgani ma’lum bo‘ldi. 

Avvalroq, Vladimir Norov ShHTning bloksiz maqomini saqlab qolish muhimligini bildirgandi.

O‘zbekiston 2022 yilda tashkilotning amaldagi raisi hisoblanadi.

«Kelib chiqayotgan qiyinchilik va chaqiriqlarga qaramay, ShHT uchun blokdan tashqari maqomini saqlab qolish prinsipial ahamiyatga ega», — dedi Norov ShHTni kuchayib borayotgan beqarorlik fonida harbiy tashkilotga aylantirish mumkinmi degan savolga javob berar ekan. 

Shu bilan birga, Norov ShHTga a’zo davlatlar uchun hozirda ShHTning yangi chaqiriq va tahdidlarga qarshi kurashda salohiyatini kuchaytirish bilan bog‘liq ustuvor vazifalarni hal etishga e’tibor qaratish muhim ekanini ta’kidladi.

Mavzuga oid