Bu haqda Özbekiston taşqi işlar vaziri v.b. Vladimir Norov ma’lum qildi.
Özbekiston 2022 yilda taşkilotning amaldagi raisi hisoblanadi.
«Kelib çiqayotgan qiyinçilik va çaqiriqlarga qaramay, ŞHT uçun blokdan taşqari maqomini saqlab qoliş prinsipial ahamiyatga ega», — dedi Norov ŞHTni kuçayib borayotgan beqarorlik fonida harbiy taşkilotga aylantiriş mumkinmi degan savolga javob berar ekan.
Şu bilan birga, Norov ŞHTga a’zo davlatlar uçun hozirda ŞHTning yangi çaqiriq va tahdidlarga qarşi kuraşda salohiyatini kuçaytiriş bilan boğliq ustuvor vazifalarni hal etişga e’tibor qaratiş muhim ekanini ta’kidladi.
«Davlat rahbarlarining Duşanbe sammitida qabul qilingan ŞHTning xavfsizlik sohasidagi mexanizmlarini takomillaştiriş töğrisidagi qarorini amalga oşirişni tezlaştiriş zarur. Özbekiston rossiyalik hamkorlarimiz tomonidan taklif qilingan, Toşkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MAT) negizida ŞHT xavfsizligiga tahdid va çaqiriqlar böyiça universal markazni yaratiş muzokaralari jarayonini tezroq boşlaş tarafdori», — dedi Norov.












