Bayden: Isroil-Falastin muzokaralari uchun hali asos yo‘q
Ikki davlat yechimi uzoq maqsaddek tuyulsa-da, AQSh Isroil va Falastinni yaqinlashtirishga urinishdan voz kechmaydi, dedi AQSh prezidenti.
Isroil va bir qator arab davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning iliqlashishi isroilliklar va falastinliklar o‘rtasida tinchlik muzokaralarining boshlanishiga turtki berishi mumkin, dedi AQSh prezidenti Jo Bayden juma kuni Falastin milliy ma’muriyati (FMM) rahbari Mahmud Abbos bilan uchrashuvda. Biroq bir kun avval Quddusda Isroil rahbariyati bilan gaplashgan Amerika rahbari «hozirda muzokaralarni qayta boshlash uchun zamin hali yaratilmaganini» tan oldi.
«Men ikki davlat kelishuvining maqsadi juda uzoq ekanligini bilaman, shu bilan birga, harakat va sayohatni cheklash yoki farzandlaringiz xavfsizligi uchun kundalik tashvish kabi noqulayliklar haqiqiydir», dedi Bayden Abbosga. «Qo‘shma Shtatlar va mening ma’muriyatim falastinliklar, isroilliklar va har ikki tomonni bir-biriga yaqinlashtirishga harakat qilishdan voz kechmaydi», - deya qo‘shimcha qildi u. Shu bilan birga, AQSh prezidenti FMM ham «muvaffaqiyatli demokratik kelajak va Falastin davlatini ta’minlay oladigan jamiyat qurishga yordam beradigan» shart-sharoitlarni yaratish bo‘yicha ishlarni amalga oshirishi kerakligini ta’kidladi.
Abbos, o‘z navbatida, «Isroilning bizning zaminimizdagi okkupatsiyasi bo‘yicha tarix sahifasini ochish vaqti» kelganini aytdi. «1967 yilgacha bo‘lgan chegaralar doirasida ikki davlat kelishuvi imkoniyati bugungi kunda mavjud bo‘lishi mumkin, ammo bu uzoq vaqt davom etmaydi».
«Ikki xalq uchun ikki davlat» g‘oyasi birinchi marta Britaniya lordi Uilyam Pil boshchiligidagi Falastin Qirollik komissiyasining hisobotida shakllantirilgan. Bu komissiya Britaniya hukumati tomonidan chaqirilgan, chunki Britaniya 1922 yildan 1947 yilgacha Millatlar Ligasi mandati ostida Falastinni boshqargan. 1937 yil 7 iyulda taqdim etilgan hisobotda Falastinni yahudiy va arab davlatlariga bo‘lish taklif qilingan.
Ushbu reja doimiy ravishda muhokama qilindi. 1967 yilda Isroil G‘arbiy Sohil va Quddusni bosib olgan Olti kunlik urushdan keyin «ikki davlat» tushunchasiga o‘rin qolmadi. Reja yangi ming yillikning boshida ham isroilliklar, ham falastinliklar tomonidan ma’qullanib, yangi turtki oldi. Biroq bosib olingan hududlarda yahudiy aholi punktlari qurilishi davom etar ekan, falastinliklarning bu loyihaga munosabati yomonlashdi.
Avvalroq Bayden Isroil hukumatini bosib olingan hududlarda aholi punktlari qurishni to‘xtatishga va mintaqada ikki davlat qarori yo‘lida harakat qilish zarurligini tan olishga chaqirgan edi.
Abbos bilan uchrashuvda Bayden, shuningdek, AQSh taniqli amerikalik-falastinlik jurnalist Shirin Abu Aklening o‘ldirilishi haqidagi «to‘liq va shaffof» hisobotni talab qilishda davom etishiga va’da berdi. U 11 may kuni bosib olingan G‘arbiy Sohildagi Jyenin shahrida Isroil harbiy reydi haqida xabar berayotganda o‘ldirilgan.
AQSh Davlat departamentining o‘tgan hafta e’lon qilgan hisobotida aytilishicha, Abu Akle isroillik harbiy pozitsiyasidan o‘q uzilishi natijasida o‘ldirilgan bo‘lsa-da, bu «qasddan» va «fojiali holatlar» tufayli sodir bo‘lgan. Hisobotda, shuningdek, o‘q aniq xulosa chiqarish uchun juda qattiq shikastlangani aytiladi.
Abu Akle oilasi Baydenga ochiq maktub yo‘llab, tergovdan hafsalasi pir bo‘lganini bildirgan va prezidentdan jurnalistning o‘ldirilishi uchun javobgar shaxsni topishga yordam berishni, shuningdek, uning mintaqaga tashrifi chog‘ida qarindoshlari bilan uchrashishni so‘ragan.
Mavzuga oid
20:16 / 24.12.2024
WP: Bayden Putinga «xayrlashuv zarbasi» - Rossiya energetikasiga qarshi sanksiyalar tayyorlamoqda
17:40 / 24.12.2024
Bayden 2025 yil uchun rekord darajadagi AQSh mudofaa budjetini tasdiqladi
16:05 / 24.12.2024
«Mossad» xodimlari «Hizbulloh» peyjerlari va ratsiyalarini portlatish amaliyoti qanday tayyorlanganini aytib berishdi
12:01 / 24.12.2024