Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xiaomi avgustda o‘zining birinchi elektromobilini namoyish etadi
Taqdimotdan so‘ng uni yo‘llarda sinab ko‘rish boshlanadi. Elektromobil loyihasini Shanhayning HVST Automobile Design kompaniyasi jamoasi ishlab chiqqan.
Xiaomi asoschisi va bosh direktori Ley Tszyun avgust oyida kompaniyaning ilk elektromobili prototipini namoyish etadi, deb xabar berdi Arena EV portali.
Qayd etilishicha, taqdimotdan so‘ng uni yo‘llarda sinab ko‘rish boshlanadi. Elektromobil loyihasini Shanhayning HVST Automobile Design kompaniyasi jamoasi ishlab chiqqan.
Xiaomi anchadan buyon o‘z avtomobil brendini yo‘lga qo‘yishga tayyorlanmoqda. Yangi brendning marketing kampaniyasi prototip taqdimotidan so‘ng boshlanadi.
Kompaniya avtomobil bo‘linmasini rivojlantirish uchun o‘tgan yili 10 mlrd dollar ajratgan. Xiaomi avtomobillari ishlab chiqariladigan zavod Ichjuan shahrida barpo etiladi. Zavodning ishlab chiqarish quvvati yiliga 300 ming dona avtomobilni tashkil etadi.
Dastlabki bosqichda yiliga 150 ming donaga yaqin avtomobil ishlab chiqarish rejalashtirilgan, ilk modellar 2024 yilda sotuvga chiqadi.
Mavzuga oid
11:40 / 12.06.2026
Xiaomi Tesla va BYDʼga qarshi yangi model bilan chiqmoqchi
15:00 / 04.06.2026
Xiaomi 17T seriyasi taqdim etildi - emotsiyalar, konsertlar va shahar hikoyalarini tasvirga olish uchun smartfonlar
00:56 / 20.04.2026
Xiaomi yangi noutbuklarini sotuvga chiqardi
22:37 / 29.03.2026