Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Vladimir Norov Qirg‘izistonga boradi
O‘zbekiston delegatsiyasining Qirg‘izistonga bo‘lajak tashrifi haqida ma’lumot berildi.
2022 yil 19-20 iyul kunlari O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri v.b. Vladimir Norov Markaziy Osiyo davlatlari tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etish uchun Cho‘lponota shahriga (Qirg‘iziston) tashrif buyuradi.
Tadbir davomida mintaqaviy siyosat va xavfsizlik masalalari, Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya sohalaridagi hamkorlik, ilmiy-texnikaviy va gumanitar almashinuvning turli jihatlari muhokama qilinadi.
Tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishi Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari to‘rtinchi maslahat uchrashuvi arafasida o‘tkazilmoqda.
Bundan oldin 20-21 iyul kunlari Issiqko‘l viloyatining Cho‘lponota shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining maslahat uchrashuvi bo‘lib o‘tishi xabar berilgandi.
Uchrashuvda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon va Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov ishtirok etadi.
Mavzuga oid
20:00 / 09.06.2026
“Markaziy Osiyoda xorijiy davlatlarning harbiy bazalariga ehtiyoj qolmagan” - siyosatshunoslar
12:20 / 04.06.2026
Qirg‘iziston ilk marta BMT Xavfsizlik Kengashi tarkibiga saylandi. O‘zbekiston qardosh xalqni tabrikladi
19:57 / 30.05.2026
O‘zbekistondan Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuzning ortga qaytarilishi sababi ma’lum qilindi
15:28 / 28.05.2026