Jahon | 19:47 / 19.07.2022
10993
1 daqiqa o‘qiladi

Yevropada anomal harorat yana qancha vaqt saqlanib turishi aytildi

Jahon meteorologiya tashkiloti bosh kotibi Petteri Taalas jazirama ob-havo fonida o‘limlar soni ko‘payishi mumkinligini aytdi. 

Foto: AP

Yevropaning qator mamlakatlarida anomal yuqori harorat kelasi hafta o‘rtalariga qadar saqlanib turadi, dedi Jahon meteorologiya tashkiloti vakili Robert Stefanski.

"Bugun butun Fransiya, Buyuk Britaniya, hatto Shveytsariyada harorat eng yuqori cho‘qqisiga chiqishini kutmoqdamiz… Hamma bu qachon tugashini so‘rayapti. Barcha ob-havo modellarini hisobga olgan holda, afsuski, bu kelasi hafta o‘rtalariga qadar davom etadi", - dedi Stefanski.

O‘z navbatida, tashkilot bosh kotibi Petteri Taalas jazirama ob-havo fonida o‘limlar soni ko‘payishi mumkinligini aytdi.

Avvalroq Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati yangi harorat rekordini qayd etgandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Surrey grafligidagi Charlvud shaharchasida havo harorati 39,1 darajaga yetgan.

Дилшод Аскаров
Tayyorlagan Дилшод Аскаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid