Buyuk Britaniya meteorologiya xizmati yangi harorat rekordini qayd etdi. Ma’lumotlarga köra, Surrey grafligidagi Çarlvud şaharçasida havo harorati 39,1 darajaga yetgan.
Rekord 19 iyul kuni qayd etildi. Xabar qilinişiça, harorat tungi vaqtda 25,8 darajani taşkil etgan.
Buyuk Britaniyadagi avvalgi harorat rekordi 2019 yilning 25 iyulida Kembrijdagi botanika boğida qayd etilgan va 38,7 darajaga teng bölgan.
Ekspertlar Uels, Şotlandiya va Şimoliy Irlandiyada ham yangi rekordlar qayd etilişi mumkinligini taxmin qilmoqda.
Avvalroq Buyuk Britaniya qirollik harbiy-havo kuçlarining Brayz-Norton aviabazasi va Londondagi Luton aeroporti jazirama ob-havo tufayli faoliyatini vaqtinçalik töxtatgandi.












