O‘zbekiston | 21:10 / 20.07.2022
43346
2 daqiqa o‘qiladi

Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat muddatidan oldin tugatildi

Prezident farmoniga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022 yil 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatiladi.

Foto: Kun.uz

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 iyul kuni «Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holatning amal qilishini tugatish to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi.

Hujjat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining favqulodda holatning amal qilishini muddatidan avval tugatish to‘g‘risidagi murojaatini hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida jamoat tartibi tiklanganligini va ko‘rilgan choralar natijasida fuqarolarning xavfsizligi, ularning huquq va erkinliklari himoyasi ta’minlanganligini inobatga olib qabul qilindi.

Favqulodda holat 21 iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatiladi.

  • Eslatib o‘tamiz, 1-2 iyul kunlari Nukus shahrida ro‘y bergan tartibsizliklardan keyin, prezident Qoraqalpog‘iston hududida bir oy muddatga favqulodda holat rejimi joriy etgandi.
  • 13 iyul kuni favqulodda holat rejimi yumshatilgan, komendantlik soati 21:00 – 07:00 oralig‘idan 23:00 – 05:00 oralig‘igacha qisqartirilgan edi.
  • Bugun, 20 iyul kuni qoraqalpog‘istonlik deputatlar prezidentdan favqulodda holatni yumshatishni so‘rab murojaat qilgani ma’lum bo‘ldi.

Mavzuga oid