Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jizzaxda sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi
Nexia mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, mashina kanalga tushib ketgan.
Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 16 iyul kuni soat 18:50 larda Zomin tumani Bog‘ishamol mahallasidan o‘tuvchi yo‘lda odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Zomin tumani Yuksalish mahallasida yashovchi fuqaro Nexia mashinasi bilan harakatlanib ketayotib, boshqaruvni yo‘qotgan. Shundan so‘ng mashina yo‘l chetidan oqib o‘tuvchi kanalga tushib ketgan.
Hodisa oqibatida haydovchi og‘ir tan jarohatlari olib, voqea joyida vafot etgan.
Avvalroq, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasida haydovchining otasi vafot etgandi.
Mavzuga oid
13:00 / 03.12.2025
Yunusobodda YTH oqibatida avtomobil yonib ketdi
11:39 / 03.12.2025
Olmazorda Hongqi va BYD to‘qnashdi
14:14 / 02.12.2025
Jizzaxda avtosanoat uchun kadrlar tayyorlaydigan muhandislik maktabi ish boshladi
12:48 / 02.12.2025