Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berişiça, 2022 yil 16 iyul kuni soat 20:25 larda Jizzax-Paxtakor avtomobil yölining Şarof Raşidov tumani hududidan ötgan 20-kilometrida odam ölimi bilan boğliq yöl-transport hodisasi sodir bölgan.

Paxtakor tumanida yaşovçi fuqaro Nexia maşinasi bilan Paxtakor yönalişida harakatlanayotib, boşqaruvni yöqotgan. Şundan söng maşina yöl çetidagi beton tösiqqa urilgan. Oqibatda, maşinada bölgan haydovçining otasi oğir tan jarohatlari olib, şifoxonada vafot etgan.

Qayd etilişiça, hodisa yuzasidan Şarof Raşidov tumani IIB tomonidan jinoyat işi qözğatilgan.

Avvalroq, Jizzaxda Samarqand viloyatida yaşovçi haydovçi Cobalt maşinasi bilan yölni kesib ötayotgan fuqaroni urib yuborgan, oqibatda piyoda vafot etgandi.