Jahon | 16:38 / 21.07.2022
10861
1 daqiqa o‘qiladi

Sergey Lavrov O‘zbekistonga keladi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov O‘zbekistonga tashrif buyuradi. Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda ma’lum qildi.

Foto: globallookpress.com

Qayd etilishicha, Sergey Lavrov 28-29 iyul kunlari Toshkentga tashrif buyuradi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri Shanhay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari yig‘ilishida ishtirok etadi.

Yig‘ilishda ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining bo‘lajak uchrashuvi, shuningdek, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid