Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Murod Azimov Senat a’zoligiga saylandi
Qashqadaryo viloyati teatri binosida xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashlari qo‘shma majlisi bo‘lib o‘tdi.
Foto: Qashqadaryo viloyati hokimligi
Qo‘shma majlis kun tartibiga bitta –Senatga Qashqadaryo viloyatidan bo‘shab qolgan o‘rin uchun Senat a’zosini saylash to‘g‘risidagi masala kiritildi.
Shundan kelib chiqib, Senat a’zosi saylovi bo‘lib o‘tdi. Sanoq komissiyasi belgilangan tartibda nomzodlarga berilgan ovozlarni sanab chiqib, natijalarni e’lon qildi.
Saylov natijalariga ko‘ra, viloyat hokimi Murod Azimov Senat a’zoligiga saylandi. Majlisda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxo‘jayev ishtirok etdi.

Murod Azimov 1976 yil Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida tug‘ilgan. 1998 yilda Toshkent yuridik institutini tugatgan. Qarshi shahar prokuraturasida tergovchi, Qashqadaryo viloyat prokuraturasida prokuror, keyinroq viloyat prokurorining o‘rinbosari va tuman prokurori lavozimlarida ishlagan.
2014 yilda u Buxoro viloyati prokurori etib tayinlanib, u yerda 2016 yilgacha ishlagan. 2016 yil sentabr oyidan boshlab u O‘zbekiston bosh prokurori o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

General-mayor Murod Azimov 2018 yil fevralida Bojxona qo‘mitasiga rais etib tayinlangandi. 2021 yil noyabrida Qashqadaryo viloyati hokimligiga tayinlandi.
Mavzuga oid
18:24 / 08.04.2026
Senat yalpi majlisida shaharsozlik, yo‘l infratuzilmasi va riyeltorlikka oid muhim qonunlar ma’qullandi
22:27 / 07.04.2026
Davlat organi yoki mansabdor shaxsning noqonuniy qarori tufayli yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilanadi
21:18 / 07.04.2026
Avtomobil yo‘llarida sun’iy to‘siq va notekislik yaratish taqiqlanishi mumkin
18:28 / 07.04.2026