Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Belarus TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
2022 yil 22 iyul kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Vladimir Norov Belarus tashqi ishlar vaziri Vladimir Makey bilan telefon orqali muloqot qildi.
Foto: Kun.uz
Tashqi ishlar vazirligi xabariga ko‘ra, suhbatda asosiy e’tibor ikki mamlakatning xalqaro institutlar, birinchi navbatda, Shanhay hamkorlik tashkiloti doirasidagi hamkorligiga qaratildi.
O‘zbekiston-Belarus hamkorligining dolzarb masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Tomonlarning siyosiy muloqot, savdo-iqtisodiy aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvlarni yanada rivojlantirishdan manfaatdorligi tasdiqlandi.
Suhbat yakunda tomonlarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha doimiy muloqot olib borishga kelishib olingan.
Mavzuga oid
14:51 / 26.01.2026
Zelenskiy: Belarusning Rossiyaga qaramligi - Yevropa uchun tahdid
08:53 / 24.01.2026
Belgiya xato sabab “Tinchlik kengashi”ga Belarus o‘rniga kiritib qo‘yildi
10:30 / 21.01.2026
Lukashenko Trampning “Tinchlik kengashi”ga qo‘shilishga rozi bo‘ldi
15:24 / 31.12.2025