Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod qilindi
Amanbay Orinbayev to‘rt oydan ko‘proq vaqt davomida Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri lavozimida ishladi.
Polkovnik Amanbay Orinbayev Qoraqalpog‘iston Respublikasi ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etilgan.
U Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining Ekologiya va Orolbo‘yi hududlarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
2016-2017 yillarda Nukus shahar IIB boshlig‘i bo‘lgan Amanbay Orinbayev 2017 yil mayida Qoraqalpog‘iston IIV Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan, 2019 yilning martidan 2020 yil fevraligacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritgan, keyin ikki yil IIV Jamoat tartibini saqlash xizmati boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, 2022 yil martida Qoraqalpog‘iston ichki ishlar vaziri etib tayinlangandi.
Bundan avvalroq Qoraqalpog‘iston prokurori Farhod Allambergenov ishdan olinib, uning o‘rniga Erkaboy Tojiyev tayinlangani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
18:00 / 26.08.2025
Mo‘ynoqda otilib chiqqan katta bosimdagi gaz jilovlandi
18:23 / 22.08.2025
Nukus shahrida chang bo‘roni kuzatilmoqda
11:19 / 19.08.2025
Qoraqalpog‘istonda mayning uchun maxsus zona tashkil etilishi mumkin
07:42 / 16.08.2025