O‘zbekiston | 12:18 / 27.07.2022
4726
2 daqiqa o‘qiladi

Baliqni kooperatsiya asosida yetishtiruvchilar barcha soliqlardan ozod qilinmoqda

Foto: Kun.uz

Joriy yil 26 iyul kuni imzolangan yangi qonun bilan Soliq kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Chakana savdo, umumiy ovqatlanish, mehmonxona, yo‘lovchi va yuk tashish, avtotransportlarni ta’mirlash, ularga texnik xizmat ko‘rsatish, kompyuter xizmatlarini, maishiy texnikani ta’mirlash, agro va veterinariya xizmatlari ko‘rsatuvchi, ko‘ngilochar joylarda xizmat ko‘rsatuvchi tadbirkorlar 1 apreldan 2025 yildan 1 yanvargacha ijtimoiy soliqni 1 foiz to‘laydi.

Tadbirkorlar 2022 yil 1 yanvardan 2027 yil 1 yanvargacha maydoni 5 ming kvadrat metrdan ko‘p savdo komplekslari va mehmonxonalar, ular egallagan yerlar bo‘yicha quyidagilarga haqli:

  • mol-mulk va yer solig‘i bo‘yicha stavkalarga nisbatan 0,1 koeffitsiyentni qo‘llashga;
  • foyda solig‘ini hisoblashda 2 yillik mazkur binolar qiymatini amortizatsiya tarzida chegirib tashlanadigan xarajatlarga kiritishga.

Xo‘jaliklarda baliq yetishtirishni kooperatsiya asosida yo‘lga qo‘ygan soliq to‘lovchilar 2025 yil 1 yanvargacha barcha soliqlardan (QQS va ijtimoiy soliq mustasno) ozod qilinadi.

Charm, mo‘yna xomashyosi va junni qayta tayyorlash, qoramolni avtomatlashtirilgan tarzda so‘yish, jun, qorako‘l va sun’iy charmdan buyumlar, charm-attorlik mahsulotlari, poyabzal ishlab chiqarish bilan shug‘ullanuvchi soliq to‘lovchilar 1 yanvardan 2026 yil 1 yanvargacha foyda, aylanmadan olinadigan va mol-mulk solig‘ini to‘lashdan ozod qilinadi.

Mavzuga oid