Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Boysunning Qizil kanyoni turistik manzilga aylanadi
Dunyoda kanyonlar juda ko‘p. Ular yillar davomida tuproq va qoyalarning suv va shamol tufayli yemirilishidan hosil bo‘ladi. Ajib manzara ko‘plab sayyohlarni o‘ziga jalb qilib keladi.
Kanyonlarning eng mashhuri AQShning Arizona shtatidagi Grand Kanyon hisoblanadi. Qariyb 5 ming kvadrat kilometr maydonni egallagan ushbu tabiat mo‘jizasi milliy parkka aylantirilgan va u yerga har yili 5 million turist tashrif buyuradi.
Eronning Luriston viloyatida ham sayyohlarni jalb etuvchi shunday kanyon bor
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida joylashgan Qizil kanyon ham tobora mashhur bo‘lib bormoqda. U Boysun shahridan bor-yo‘g‘i 3 km narida joylashgan.
Boysun kanyoni mahobatli bo‘lmasa-da, o‘zining qizil tusi, qoyalarning asrlar davomida sinib cho‘kishi ajib manzara hosil qilgan. Boysun kanyonida faqat bahor va kuzgi yog‘inlarda jilg‘a hosil bo‘ladi. Yoz oylarida jilg‘a quriydi.
Turizm va madaniy meros vazirligi Surxondaryo viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Zebo Alimardonovaning aytishicha, ushbu go‘shani ham turistik maskanga aylantirish ustida ish olib borilmoqda. Kelgusida kanyon uzra havo sharlarida sayohatlar uyushtirish nazarda tutilgan.
Boysunga yo‘lingiz tushganda kanyon manzaralaridan bahra olishni unutmang. U shundoqqina katta yo‘l yoqasida joylashgan.
Shuhrat Shokirjonov tayyorladi.
Tasvirchi va montaj ustasi: Jahongir Aliboyev
Mavzuga oid
17:50 / 02.05.2026
Boysun suvlarida yana neft oqmoqda
16:35 / 28.04.2026
Boysunda neft daryoga oqib ketgani bo‘yicha 8,5 mlrd so‘m kompensatsiya hisoblandi
15:10 / 24.04.2026
Surxondaryoda neft daryo o‘zaniga oqib ketdi
19:21 / 05.01.2026