Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya hukumati Ukrainaga yuz dona gaubitsa sotilishini ma’qulladi
Krauss-Maffei Wegmann (KMW) konserni qiymati 1,7 mlrd yevrolik 100 dona Panzerhaubitze2000 gaubitsalarini ishlab chiqarishga ariza bergan va GFR iqtisodiyot vazirligining ruxsatini olgan.
Germaniya hukumati Ukrainaga yuz dona gaubitsa sotilishiga rozilik berdi. Bu haqda Krauss-Maffei Wegmann (KMW) konserni vakiliga tayanib Spiegel nashri xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, 11 iyul kuni Krauss-Maffei Wegmann (KMW) konserni qiymati 1,7 mlrd yevrolik 100 dona Panzerhaubitze2000 gaubitsalarini ishlab chiqarishga ariza bergan va GFR iqtisodiyot vazirligining ruxsatini olgan.
"Ukraina aprelda gaubitsalarni bevosita ishlab chiqaruvchidan sotib olish imkoniyati berilishini so‘ragandi. KMW bu so‘rovga darhol o‘z taklifini bergan", - deb yozadi Spiegel.
Konsern vakilining so‘zlariga ko‘ra, gaubitsalarni ishlab chiqarish yaqin kunlarda boshlanadi.
Mavzuga oid
10:00
Germaniya Ukraina uchun yana 300 million yevro ajratadi
10:40 / 09.06.2026
Yevropaning yangi avlod jangovar samolyoti loyihasi to‘xtatildi
10:25 / 09.06.2026
Kiyev va Vashington Ukrainadagi urushni tugatish masalasini muhokama qildi
08:45 / 09.06.2026