Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yevropada gaz narxi tarixiy maksimumga yaqinlashdi
Yevropada gaz narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 430 foizga qimmatlashdi.
Yevropada gazning birja narxi 12 foizga oshdi va mart oyidan buyon birinchi marta 1000 kub metr gaz narxi 2300 dollarga yetdi.
Niderlandiyadagi TTF habida 1 MVt·s gaz narxi 224 yevroni tashkil etdi.
Yevropada gaz narxi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 430 foizga qimmatlashdi, deb yozadi Reuters.
Narxlar «Gazprom» «Shimoliy oqim» quvuri orqali Yevropaga gaz yetkazib berish umumiy quvvatning 20 foiziga kamayishini e’lon qilganidan so‘ng ko‘tarilib ketdi.
Wood Mackenzie konsalting kompaniyasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Shimoliy oqim» 20 foiz quvvat bilan ishlaganida Yevropa qish arafasida omborlarini 75-80 foizga to‘ldirishi mumkin. Agar Rossiya gaz yetkazib berishni butunlay to‘xtatsa, noyabrga borib omborlar 65-71 foizga to‘ldiriladi.
Mavzuga oid
08:17 / 18.06.2026
Yevropada so‘nggi o‘n yilliklardagi eng yirik infratuzilma loyihalaridan biri boshlandi
09:15 / 15.06.2026
Yevropa yetakchilari AQSh–Eron kelishuvini olqishladi
08:18 / 15.06.2026
Yevropa aholisi qaysi mamlakatlarda o‘zini xavfsiz his qiladi?
10:15 / 13.06.2026