Nursulton Nazarboyev Qozog‘istonga qaytdi
Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyev Turkiyada o‘tkazgan ta’tilidan qaytdi. Bu haqda uning matbuot kotibi Aydos Ukibay Twitter’dagi rasmiy sahifasida ma’lum qildi.
«Nursulton Nazarboyev oilasi va do‘stlari bilan Turkiyada o‘tkazgan ta’tilidan qaytdi», — deb yozadi Ukibay.
Uning ta’kidlashicha, turli xil «anonim manbalardan tarqalgan xabarlar»ga qaramay, birinchi prezident dam olish kunlarida na xorijiy rasmiy shaxslar, na biznes vakillari bilan uchrashmagan.
Avvalroq, OAV ma’lumotiga ko‘ra, ayrim norasmiy manbalar Turkiyada sobiq prezident Rossiyaning LDPR siyosiy partiyasi rahbari Leonid Slutskiy, shuningdek, Rossiya biznesi vakillari va yirik korporatsiyalar rahbarlari bilan uchrashishi mumkinligini yozgan edi.
Nursulton Nazarboyev Turkiyaga kelgani haqidagi ma’lumotlar iyul oyi boshida, uning tug‘ilgan kuni arafasida OAVda paydo bo‘ldi. Qozog‘iston OAVning 4 iyul kuni tarqatgan xabariga ko‘ra, Nazarboyevga berilgan «Berkut» aviakompaniyasiga qarashli Airbus A320 Neo samolyoti Turkiyaning Bodrum shahriga uchgan.
Mavzuga oid
16:30 / 13.12.2024
Qozog‘istonda Nursulton Nazarboyev hayotiga oid ma’lumotlar maxfiylashtiriladi
17:04 / 11.12.2024
Qozog‘istonda kuydirgi sababli chorva uchun majburiy karantin joriy etildi
18:42 / 30.08.2024
Nazarboyevning sobiq kelini odam o‘g‘irlashda ayblanib, 12 yilga qamaldi
22:01 / 16.08.2024