Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
To‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlarga qo‘shimcha vaqt berildi
Test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28 iyul kuni soat 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Foto: Kun.uz
2022 yil 27 iyul kuni 2022/2023 o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish yakunlandi.
Oliy ta’lim vazirligi xabariga qaraganda, qabul yakuniga ko‘ra onlayn ro‘yxatdan o‘tgan va ta’lim yo‘nalishlarini tanlagan abituriyentlar soni 1 214 232 nafarni tashkil etdi.
Bildirilishicha, test sinovlari uchun to‘lovni amalga oshirmagan abituriyentlar ro‘yxatdan o‘tmagan hisoblanadi va test sinovlarida ishtirok eta olmaydi.
27 iyul kuni (qabulning so‘nggi kuni) ham ko‘plab abituriyentlar onlayn ro‘yxatdan o‘tgani va aksariyati to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagani sababli ularga qo‘shimcha imkoniyat berildi.
Unga ko‘ra, test sinovi uchun to‘lovni amalga oshirishga ulgurmagan abituriyentlar 28 iyul kuni soat 18:00 ga qadar to‘lovni amalga oshirishlari mumkin.
Mavzuga oid
10:47 / 24.12.2025
Toshkent metrosida yangi tajriba: to‘lov - kaftdagi “tomir izi” bilan
11:22 / 11.12.2025
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar to‘lovi miqdori belgilandi
15:02 / 04.11.2025
Chiqindi to‘lovlarini uyma-uy undirish amaliyoti to‘xtatiladi
18:05 / 24.10.2025