Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Latviya Rossiya gazini vositachi orqali sotib olishni boshladi
Mart oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin 1 apreldan «nodo‘st» mamlakatlar gaz uchun rublda to‘lov qilishi belgilangan farmonni imzolagandi. Bunga Yevropaning qator mamlakatlari, jumladan, Latviya qarshi chiqqandi.
Latviyaning Latvijas Gaze gaz kompaniyasi Rossiya gazini yana sotib ola boshladi. Bu haqda kompaniya boshlig‘i Aygars Kalvitis ma’lum qildi.
«Latvijas Gāze gaz sotib olmoqda, ammo «Gazprom»dan emas, chunki «Gazprom» bilan hisob-kitob qila olmaymiz. Boshqa yetkazuvchidan olyapmiz», — dedi Kalvitis.
U «tijorat siri bo‘lgani uchun» vositachi kimligini aytishni istamadi.
Mart oyida Vladimir Putin 1 apreldan «nodo‘st» mamlakatlar Rossiya gazi uchun rublda to‘lov qilishi belgilangan farmonni imzolagandi. Bunga Yevropaning qator mamlakatlari, jumladan, Latviya qarshi chiqqandi.
Aprel boshlarida Rossiya Latviya, Litva va Estoniyaga gaz yetkazishni to‘xtatdi.
Mavzuga oid
09:32
Bokuda sakkiz nafar Rossiya fuqarosi qamoq jazosiga hukm qilindi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
12:13 / 19.06.2026
Moskvaga urush davridagi eng yirik hujum – suratlar
08:28 / 19.06.2026